UFC jangchisi Merab Dvalishvili ijtimoiy tarmoqlarda ozodlikka chiqqanini va oʻzini yaxshi his qilayotganini yozdi. Uning aytishicha, u sogʻ-salomat va keyingi qadamlarga tayyor. Dvalishvili Usmon Nurmagomedov bilan boʻlgan mojarodan keyin vaziyatni hal qilishga koʻmaklashgan Abu-Dabidagi barchaga minnatdorchilik bildirdi.
Dvalishvili nimalar dedi
Gruziyalik sportchi Abu-Dabida boʻlishni yoqtirishini va bu yerda uni mehr bilan kutib olishlarini taʼkidladi. U voqea ishtirokchilarining hammasi ozod etilishiga umid bildirdi va ayblov qoʻymasligini yana bir bor takrorladi. «Men hamma uchun tinchlik va eng yaxshi tilaklarni istayman», — deb yozdi u va muxlislarga mehri hamda qoʻllab-quvvatlagani uchun rahmat aytdi.
Mojaro qanday boshlangan
Mushtlashuv 2026-yil 11-noyabr kuni Real American Freestyle (RAF) turniri arafasida mehmonxona foyesida yuz berdi. Shu paytda Dvalishvili intervyu berayotgan edi. Orqasidan unga PFL yengil vazn toifasidagi amaldagi chempioni Usmon Nurmagomedov va yana bir necha kishi yaqinlashdi.
Videoda Nurmagomedov gruziyalik jangchiga nimadir deyayotgani va uning yuziga kaft bilan urgani koʻrinadi. Bu tezda ikki tomon vakillari oʻrtasidagi ommaviy mushtlashuvga aylanib ketdi. Dvalishvili va uning doʻsti, kurashchi Saba Lazishvili yuzidan jarohat oldi.
Sud qarori
Ommaviy axborot vositalari maʼlumotiga koʻra, Abu-Dabi sudi Usmon Nurmagomedov va mushtlashuvning yana bir qator ishtirokchilariga olti oydan qamoq jazosi tayinlagan, soʻng ular mamlakatdan chiqarib yuborilishi kerak. Bundan tashqari, ularga 81 ming dollar miqdorida jarima belgilangan. Dvalishvili va Lazishvili jarima toʻlangach ozod etilgan.
MMA jamoatchiligining munosabati
Voqeadan keyin UFC yarim oʻrta vazn toifasi chempioni Islom Maxachev Nurmagomedovning Dvalishviliga hujumi ortida uzoq yillik tarix borligini aytib, hujum qilganlarni qoʻllab-quvvatladi. Mojaroga UFC prezidenti va bosh direktori Dana Uayt ham izoh berdi.